Ayol uchun javobgarlik

Assalomu alaykum! Ustozlar, yaqinda eshitib qoldim u dunyoda bitta ayolni qilgan ishlari uchun to‘rtta erkak javobgar bo‘larkan. Shundaymi? U erkaklar faqat mahramlari qilgan gunohlari uchun javob beradilarmi? Mahramlari qilgan savobli amallarigayam sherik bo‘lishadimi ular? Shular xaqida xadislar xam kelganmi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiz bolani tarbiyasini to‘rtta erkak mas’ul degan gap yo‘q. Kim bo‘lsa ham shariat doirasida turib yaxshi amallarni o‘rgatsa, o‘shalarni qilganda olgan savoblari mislicha savob bo‘ladi. Gunohda ham shunday. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 147 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar