Zakot o‘rniga qarzdan kechish

Assalomu alaykum! Men tadbirkorman. Mendan birovning 20 mln qarzi bor. O‘sha insonning uni berishga imkoni etmayapti. Bu yil chikaradigan zakotim shu mablag‘ning yarmiga to‘g‘ri kelsa, shundan kechsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kechish bilan zakot ado bo‘lmaydi. Qaerdan bo‘lsa pul topsin, qarzini uzsin. Keyin siz zakot deb niyat qilib unga berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar