Bomdoddan keyin uxlash

Assalomu alaykum! Bomdod namozidan keyin uning vaqti chiqqunicha uhlash makruh ekanini, bu vaqtni zikr bilan o‘tkazish kerakligini o‘qidim. Men ko‘pincha tunning oxirgi uchdan bir qismida uyg‘onib ketaman va bomdodning vaqti hali kirmagan bo‘ladi. Shu paytni zikr bilan o‘tkazib, bomdodni avvalgi vaqtida o‘qib so‘ng uhlasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalida biroz uxlab, jamoat bilan namoz o‘qir edilar. Vallohu a’lam!
25 Aprel 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 64 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar