Qoramol va pulimdan zakot

Assalomu alaykum! Meni 4ta qoramolim va 25 million pulim bor. Qanday zakot chiqaraman? Yana 25 million pulimni 10 millioniga 3 oy bo‘ldi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 4ta qoramolni bo‘rdoqiga boqib sotish uchun olgan bo‘lsangiz narxini 25 mln ga qo‘shib hammasidan chiqarasiz. Agar qoramollar sutidan foydalanish uchun olingan bo‘lsa yoki molingizni bolalari bo‘lsa ularni hisoblamay 25 mln dan zakot chiqarasiz. Molga deb olingan em hashaklarni ham hisoblaysiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 172 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar