Namozni erta o‘qish

Assalomu alaykum! Yoshim 13da. Maktabda o‘qiyman. Allohga shukr 5 mahal namoz o‘qiyman. Ammo, maktabdagi darslar 13:00da boshlanadi. Shu sababli peshin namozini ertaroq o‘qishimga to‘g‘ri kelyapti. Shunday qilsam bo‘ladimi?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taqvimdagi vaqti kirgan bo‘lishi shart. Masalan hozirgi kunlarda Toshkent shahrida peshinni vaqti 12:25da kiradi. Shundan keyin o‘qib olish mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar