Dostavka kech qolgani uchun tekinga berish

Assalomu alaykum! Hozirda EVOS va Oqtepa lavash kabi tayyor ovqat sotuvchilari etkazib berish xizmatida aytilgan vaqtdan kech qolganida ushbu maxsulotni tekinga berib ketyapti. Qistab berilsa ham olmasdan ketdi. Biz oluvchi tarafidan buning iste’moli joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kech qolgani uchun o‘zlari tomondan hadya qilib berishsa olishingiz mumkin. Bunda ular o‘z foydalaridan kechishayotgan bo‘lishadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar