Qaytim o‘rniga mahsulot berish

Assalomu alaykum! Do‘konda qandaydr kilogramlik mahsulot sotilyotganda haridor masalan 10 ming somlik mahsulot tortib bering dedi deylik olma lekn olmani hech qanday yo‘l bilan 10 mingga to‘g‘rilab bo‘lmadi masalan 9800 lik bo‘ldi uni haridorga aytmasdan 200 so‘miga nimadr(qand, qurt, saqich,vahokazo)qo‘shb qo‘ysa bu 200 so‘mi harom bo‘lmaydimi haridorga buni aytmasa agar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haridorga kerakmas bo‘lgan narsalarni qaytim o‘rniga majburlab bersangiz halol bo‘lmaydi. Siz mayda pullardan yig‘ib qo‘ying, hozir bu qiyin ish emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar