Sirtqi o‘qish davrida maosh

Assalomu alaykum! Men universitetda sirtqi talimda o‘qyiman. 1 yilda 1 oydan 2 marta o‘qishga chaqiruv bo‘lsa shu o‘qishda o‘qiganim davomida ishxonamdan maosh olishim joizmi? Shartnomada ish xaqi to‘lanadikan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishxonani nizomiga qaraysiz. Agar o‘qish davomida ishxonaning ba’zi xizmatlarini qilib turishingizni shart qilib o‘shanga yarasha maosh bersa xizmatlarini qilib olishingiz joiz. Agar o‘qish jarayonida ishlamasdan o‘qiyotganingiz uchun sizga nafaqa sifatida bersa ham olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 152 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar