Shifokor pul so‘rasa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men shifokorman. Davlat ishida ishlayman. Davlatdan oylik maosh olaman. Shunday ekan men kasallardan pul so‘rashim va narx qo‘yishim harom. Buni bilaman. Lekin men ishlaydigan joyda apparatura yo‘q. Shu uchun o‘zim shaxsiy hisobimdan apparatura sotib olib, keyin uni ishlatsam va kasallarga ma’lum bir narx qo‘ysam bo‘ladimi? Aniqrog‘i tibbiy xizmat bepul, lekin apparat uchun pul. Bunga shariat nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘sha shifoxonada ish vaqtida xos ishchi hisoblanasiz. Ya’ni, ish vaqti paytida faqatgina shifoxona uchun ishlashingiz lozim. O‘zingiz uchun ishlashingiz joiz emas. Yuqorida siz aytib o‘tgan faoliyatni bajarish uchun rahbariyatdan ruxsat olishingiz shart yoki ishdan tashqari vaqt va joyda bajaring. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:11 | Savol-javoblar | 171 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar