Cho‘chqa go‘shti kesilgan pichoqdan foydalanish

Assalomu alaykum! Mening turmush o‘rtogim yaqinda rassiyaga ishlagani ketdilar u erda qassobchilik do‘konida ishlaydilar u erda mol va cho‘chqa go‘shti ham kelar ekan. U erda tushlikka ishchilar o‘zlariga taom tayyorlar ekan rus ayollari cho‘chqa go‘shti chiqarilgan go‘sh qiymalagichda yuvmasdan qiyma chiqarar yoki cho‘chqa go‘shti kesilgan va yuvilmagan pichoqda mol go‘shti maydalar shu asnoda tahtakach ham bunda hizmat qilar ekan bunday holatda tayorlangan taomni turmush o‘rtogimga ham berishar ekan turmush o‘rtog‘im savol berishimni so‘radilar bunday holatda qanday yo‘l tutish mumkin bu holatda taom eyish musulmon kishi uchun harommi va harom bo‘lsa qanday yo‘l tutsinlar bir marotaba pichoqni va boshqa idishlarni yuvib ishlatilsa bo‘ladimi yoki qatron qilish kerakmi qatron qilish tartibi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Cho‘chqa go‘shti kabi harom narsa tekkan har qanday buyumni poklanmasdan oldin ishlatilsa unga tushgan barcha narsani najas qiladi.
Najosat tekkan narsa najas bilan oshlangan teri yoki siqib bo‘lmaydigan yog‘ochga o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni yuvib, suv tommaydigan bo‘lguncha tek qo‘yiladi. Uch marta shunday qilinganidan keyin pok bo‘ladi. Chinni va plastmassa kabi siqib bo‘lmasa-da, suvni o‘ziga shimib olmaydigan narsalar uch marta yuvish bilan pok bo‘ladi. Don mahsulotlari, yangi sopol va yog‘och idish, bo‘yra, najas narsa ila suvlangan pichoq kabi narsalar uch marta yuvib, quritish ila tozalanadi. Sariyog‘ va hayvon yog‘lari suv quyib, yog‘ni suv ustiga chiqarib olish ishini uch marta qilish ila tozalanadi. Asal va moyning ustidan suv quyib, ular suvning ustiga chiqquncha qaynatiladi. Keyin o‘zini bir narsa bilan ajratib olinadi. Bu amal ham uch marta takrorlanadi. Najas narsa ila pishirilgan go‘sht uch marta qaynatib-sovutish ila tozalanadi. Patini yulish oson bo‘lishi uchun ichidagi narsalarini olmay turib qaynatilgan tovuq ham mazkur uslub ila toza bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:43 | Savol-javoblar | 187 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar