Qazo ro‘za

Assalomu alaykum! Bir odam ramazon oyining avvalgi qazo ro‘zasini niyat qilib tutsayu o‘sha kuni ro‘zasini ochib yuborsa kafforoti uzil kesil 60 kun tutadimi yoki qancha qazosi bo‘lsa shuni tutadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazo ro‘zani tutayotib ochib yuborsa kafforot vojib bo‘lmaydi. Faqat qayta tutib berishi lozim. Agar 60 kunlik kafforot ro‘zasini tutayotib ochib yuborsa, qaytadan 60 kun tutadi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:19 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar