Tahorati singanga o‘xshasa lekin singan bo‘lmasa

Assalomu alaykum! Agar namoz o‘qish davomida taxorati singanga o‘xshasa nima qilish kerak? Namozni tark etib qarasa lekin buzilmagan bo‘lsa, namozni kelib qolgan joyidan davom ettirsa ham bo‘ladimi? Yoki boshidan boshlash kerakmi? 2. Agar namozxon taxorati tez-tez buziladigan kasallikka uchrasa, (misol uchun qorin dam bo‘lishi, xojatga tez tez qatnashga sabab bo‘ladigan kasalliklar) shu xolatda nima qilish kerak? Toki sog‘ayib olguncha namozni tark etsa ham bo‘ladimi? Yoki namozda taxorat buzilsa ham o‘qish kerakmi? 3. Uzr oxirgi so‘ragan savolimga javob tariqasida shu linkni beribsizlar, lekin kirmayapti. Xato deb chiqayapti. Iloji bo‘lsa shu savolimga ham javob olsam degandim https://islom.uz/maqola/2671 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Boshidan boshlash kerak. 2). Namozni hech qanday holatda ham tark qilishga uzr yo‘q. Agar sohibi uzr bo‘lsa davom ettiraveradi. Sohibi uzr bo‘lmasa har namozga alohida tahorat oladi. Vallohu a’lam!https://fiqh.uz/maqola/586

25 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar