Kadr kuni ukiladigan namoz xakida

Assalomu alaykum! LAYLATUL KADR KEChASI !!!  Kadr kechasi namozi 4 rakat bulib: 1 rakatida fotixa surasidan keyin 3 marta KADR surasi ukiladi. 2 rakatda fotixa surasidan keyin 3 marta ixlos surasi ukiladi. 3 va 4 rakat xam shu shaklda ukiladi. Namozdan sung bir marta tashrik takbiri ya’ni ALLOXU AKBAR,ALLOXU AKBAR, LA ILAXA ILLALOXU VALLOXU AKBAR.ALLOXU AKBAR VA LILLAXIL XAMD deb aytilib sung 100 marta KADR surasi va 100 marta INShIROK surasi va 100 marta KADR duosi ukiladi. Alloxim uzi bu namozimizni kabul kilsin.  TAShRIK takbiri: alloxu akbar,alloxu akbar,la ilaxa illalloxu valloxu akbar.alloxu akbar va lillaxil xamd. KADR surasi: inna anzalnaxu fiy laylatil kadri,va ma adroka ma laylatul kodr.laylatul kodri xoyrum min alfi shaxr.tanazalul malaaikatu va ruxu fiyxa bi izni robbi xim min kulli amr.salomin xiya matlail ajr. INShIROX surasi: alam nashrox laka sodrok.va vazo’na ’anka vizrok.allaziy ankozo zoxrok va rofa’v laka zikrok.fa inna ma’al usri yusron inna ma’al usri yusro.fa iza farogta Fansob va ila robbika fargob. KADR duosi: alloxumma innaka afuvvun kariymun tuxibbul afva fa’fu anniy. Ushbu namozni menga islomiy gruppalardan yuborishgan edi juda kupchiligimiz xuddi shunday kilib namoz ukidik lekin keyinrok kadr kechasiga bagishlab aloxida namoz ukish mumkunmas deb aytib kolishdi 100 tadan sura ukishlik xam bulmidi xisoblamaslik kerak ekan Endi biz gunox kildikmi kanchalik tugri bu gaplar kadr kuni ukiladigan namoz juda kup gruppalarga tarkalib ketdi xamma ukib xam buldi endi nima kilishim iz kerak iltimos batafsil tushuntirib berilar bu kabi namozlar ukishlik mumkunmasmi Allox rozi bulsin oldindan raxmat.



«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

Va alaykum assalom! Shariatda biror amalni farz, vojib, sunnat yoki mustahab ekanligini bildirish huquqi Alloh va Uning rasuliga tegishlidir. Hadis va oyatlarda kelmagan amallarning hukmini bayon qilish mujtahidlarning ishlaridir. مُعَاذٍ  رضي الله عنه أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم حِينَ بَعَثَهُ إِلَى الْيَمَنِ فَقَالَ  كَيْفَ تَصْنَعُ إِنْ عُرِضَ لَكَ قَضَاءٌ؟  قَالَ أَقْضِي بِمَا فِي كِتَابِ اللهِ، قَالَ  فَإِنْ لَمْ يَكُنْ فِي كِتَابِ اللهِ، قَالَ فَبِسُنَّةِ رَسُولِ اللهِ صلي الله عليه وسلم، قَالَ فَإِنْ لَمْ يَكُنْ فِي سُنَّةِ رَسُولِ اللهِ صلي الله عليه وسلم، قَالَ أَجْتَهِدُ رَأْيِي وَلَا آلُو، قَالَ فَضَرَبَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم صَدْرِي ثُمَّ قَالَ الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي وَفَّقَ رَسُولَ رَسُولِ اللهِ  صلي الله عليه وسلم لِمَا يُرْضِي رَسُولَ اللهِ  صلي الله عليه وسلم. رَوَاهُ أَحْمَدُ  Mu’oz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni Yamanga yuborayotib:«U erda senga bir masala oriz bo‘lsa, qanday qilib hukm chiqarasan?» dedilar. «Allohning Kitobi ila hukm chiqaraman», dedim. «Allohning Kitobida bo‘lmasa-chi?» dedilar. «Allohning Rasuli sunnati ila», dedim. «Allohning Rasuli sunnatida ham bo‘lmasa-chi?» dedilar. «Fikrim bilan ijtihod qilaman, sustkashlik qilmayman», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘ksimga urdilar va:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vakilini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni rozi qiladigan narsaga muvaffaq qilgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin», dedilar».  Ahmad rivoyat qilgan. Deyarli barcha hadis kitoblarida keltirilgan ushbu mashhur voqea asrlar davomida faqihlarimizni yangidan-yangi ilmiy cho‘qqilarga, izlanishlarga chorlashi bilan birga, Qur’oni Karim oyatlari, boshqa hadislar bilan bir qatorda, fiqh ilmiga hujjat va dalil ham bo‘lib kelmoqda.("Kifoya" kitobidan). Manbaasi keltirilmagan shu kabi gaplardan ehtiyot bo‘lish kerak. Vallohu a’lam!



20 Aprel 2022, 18:55 | Savol-javoblar | 360
|
Boshqa savol-javoblar