Qabrga mayyitni qo‘yish haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, janozalarda qatnashamiz, mayitni qabrga qo‘yayotgan vaqtda tortishuvlar bo‘ladi. Kimdir yuzini ochib qo‘yasan desa kimdir yopib qo‘yasan deydi. Aslida qanday qilinsa shariatga muvofiq bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda mayyitni o‘ng yonboshi bilan yotqizib, yuzini qiblaga qaratib, kafanini ochmasdan ko‘miladi. Boshidagi tuguninigina echib qo‘yiladi. Kafanlangach barzax hayotiga o‘tadi. Shuning uchun yuzini ochmaslikka harakat qilish kerak. Mabodo yuzi qoraygan yoki boshqa holat bo‘lsa uning haqqida yomon gumonga bormaslik uchun. رُوِيَ عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: شَهِدَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ جِنَازَةَ رَجُلٍ فَقَالَ: يَا عَلِيُّ اسْتَقْبِلْ بِهِ اسْتِقْبَالاً وَقُولُوا جَمِيعًا بِاسْمِ اللهِ، وَعَلَى مِلَّةِ رَسُولِ اللهِ، وَضَعُوهُ لِجَنْبِهِ وَلاَ تَكُبُّوهُ لِوَجْهِهِ وَلاَ تُلْقُوهُ لِظَهْرِهِ. (بدائع الصنائع في ترتيب الشرائع) Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining janozasiga hozir bo‘lib: “Ey Ali, uni qiblaga to‘liq yuzlantirgin va barchangiz “Bismillahi va ala millati Rasulillah”, denglar. Uni yonboshlatib qo‘yinglar, yuztuban qilib ham, chalqanchasiga ham qo‘ymanglar”, dedilar”.
Mayyitni qabrga yuzini qiblaga qaratib, o‘ng tomoni bilan yonboshlatib, boshini qabr devoriga tirab qo‘yiladi. Quyidagi lafzlarni mayyitni qabrga qo‘yayotganlar ham, janozada ishtirok etayotganlar ham aytadilar. “Bismillahi va ala sunnati Rasulillahi sollallohu alayhi vasallam”. عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: كَانَ النَّبِيّ إِذَا وَضَعَ الْمَيِّتَ فِي الْقَبْرِ قَالَ بِسْمِ اللهِ وَعَلَى سُنَّةِ رَسُولِ اللهِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ. وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: بِسْمِ اللهِ وَبِاللهِ وَعَلَى مِلَّةِ رَسُولِ اللهِ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam mayyitni qabrga qo‘ysalar: “Bismillahi va ala sunnati Rasulillahi sollallohu alayhi vasallam”, der edilar”.
Sunan egalari rivoyat qilishgan.
Termiziyning lafzida:
“Bismillahi va billahi va ala millati Rasulillahi sollallohu alayhi vasallam”, deyilgan.
Kafanga bog‘langan boylamlar echiladi. Beli va yonboshi qimirlamasligi uchun xom g‘isht tirab qo‘yish lozim. So‘ng lahadning og‘zi ham xom g‘isht yoki maxsus guvala bilan to‘siladi va ustidan tuproq tortiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar