Odamlarga dardini aytish

Assalomu alaykum! Men tanimagan kishilar bilan tez kirishib chiqishib ketaman. Ishxonamizda ham o‘zimga yaqin deb bilgan, xuddi tug‘ishgandek bo‘lib qolgan insonlar bor. Ӯsha kishilarga men ko‘nglimdagi gaplarimni(hayotda ko‘rgan qiyinchiliklarimni) aytishim to‘g‘ri ishmi yoki joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularning hech biri sizni dardingizga shifo bo‘lolmaydi. Dardni bergan Allohning O‘ziga yolvorsangiz chiqish yo‘lini ham ko‘rsatib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 175 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar