Azonni oddiy paytda ham eshitish

Assalomu alaykum! Men ochig‘i namoz o‘qimayman. O‘qish payti juma namozlarida ham qatnasha olmayman. Meni telefonimda Azon degan programma bor. U joyda har hil qorilar tomonidan azonlar aytilgan audiolar bor. O‘qishda, yo‘lda ketsam siqilsam, naushnikda azonni mp3ni eshitib ketaman va ich ichimdan engil bo‘laman. Menga qanchalik yoqishini tariflab berolmayman. Savolim hohlagan paytim huddi shunday eshitib yursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tezda namozni boshlang, keyin azonni ham eshitib yuravering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:39 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar