Gunohni tan olmaslik

Assalomu alaykum! Agar kishi biror gunohi kabirani qilgan bo‘lsa va buni ulkan gunohligini anglab, pushaymon bo‘lsa va tavba qilsa Allohni kechirishligiga umid qilinadi va hadisda kelganidek bu gunohni huddi avval qilmagandek bo‘ladi deyilgan. O‘zi qilgan gunohni boshqalarga aytish ham mumkin emasligini bildim. Do‘stlaridan birimi yoki ayolimi mana shu ishni qilganmisiz deb so‘rasa men qilmaganman desam, Alloh nomi ila qasam ichib aytaolasizmi desa nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday deb savol berish nodonlik hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gunohini oshkor qiluvchilarning gunohlari kechirilmasligi haqida aytganlar. Shuning uchun “Qilgan bo‘lsam ham qilmagan bo‘lsam ham aytmayman” deyish kerak. Qilmaganman deyishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:04 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar