Boshqa yurtda juma va peshin namozi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz chet elda ishlaymiz va bu erda masjid yo‘q. O‘zimiz musulmon birodarlar bilan namoz farzimizni ado qilib kelmoqdamiz. Savolim shuki, muborak Juma kuni biz jamoat bo‘lib juma namozini o‘qishimiz to‘g‘rimi yoki peshin namozini jamoat yoki xar kishi o‘zi yakka holda o‘qishimiz durustmi? Men savol javoblardan tushunganim shuki, bizning holatda juma namozi o‘qish qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi degan ikkilanishdaman. Iltimos bizning ushbu holatimizdan kelib chiqqan holda qay biri to‘g‘riligi haqida aytsangizlar. Allohim bizlarga ko‘rsatayotgan yaxshiliklaringiz uchun ulkan ajrlar bersin, qilayotgan ishlaringizga barokotlar bo‘lsin, rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yashab turgan yurtingiz diniy idorasiga uchrang. Ular holatni bizdan ko‘ra yaxshi bilishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:56 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar