Shifokor pul olishi

Assalomu alaykum! Men shifokorman, ishni boshlaganimga 3 oy bo‘ldi. Shifokor bemorni davolasa yoki unga dori yozib berganda bemor shifokorga pul yoki boshka narsa bersa harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom!  Shifokor shu qilgan ishi uchun oylik maosh oladigan bo‘lsa, so‘rab yoki ta’ma qilib olishi halol bo‘lmaydi. Bemorlar o‘zlari rozi bo‘lib ko‘nglidan chiqarib hadya qilishsa zarari yo‘q. Ta’ma qilganligini pul berganga boshqacha bermaganga boshqacha muomala qilganidan bilib olish mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:13 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar