Kim borib ko‘ribdi deyishadi

Assalomu alaykum! Ba’zida yaqinlarimizni oxirat haqida gapirib yomonliklardan qaytarsak «kim borib ko‘rib kelibdi» deydi. Shu gap e’tiqodga ta’sir qilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta e’tiqodiga ta’sir qiladi.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: انْخَسَفَتِ الشَّمْسُ عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَصَلَّى، فَقَامَ طَوِيلًا إِلَى أَنْ قَالَ فَقَالَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ آيَتَانِ مِنْ آيَاتِ اللهِ لَا يَخْسِفَانِ لِمَوْتِ أَحَدٍ وَلَا لِحَيَاتِهِ، فَإِذَا رَأَيْتُمْ ذَلِكَ فَاذْكُرُوا اللهَ. قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، رَأَيْنَاكَ تَنَاوَلْتَ شَيْئًا فِي مَقَامِكَ، ثُمَّ رَأَيْنَاكَ تَكَعْكَعْتَ، فَقَالَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنِّي رَأَيْتُ الْجَنَّةَ فَتَنَاوَلْتُ عُنْقُودًا، وَلَوْ أَصَبْتُهُ لَأَكَلْتُمْ مِنْهُ مَا بَقِيَتِ الدُّنْيَا، وَأُرِيتُ النَّارَ، فَلَمْ أَرَ مَنْظَرًا كَالْيَوْمِ قَطُّ أَفْظَعَ، وَرَأَيْتُ أَكْثَرَ أَهْلِهَا النِّسَاءَ، قَالُوا: بِمَ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: بِكُفْرِهِنَّ، قَالُوا: أَيَكْفُرْنَ بِاللهِ؟ قَالَ: يَكْفُرْنَ الْعَشِيرَ، وَيَكْفُرْنَ الْإِحْسَانَ، لَوْ أَحْسَنْتَ إِلَى إِحْدَاهُنَّ الدَّهْرَ كُلَّهُ ثُمَّ رَأَتْ مِنْكَ شَيْئًا قَالَتْ: مَا رَأَيْتُ مِنْكَ خَيْرًا قَطُّ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida quyosh tutildi. Bas, namoz o‘qidilar, qiyomda uzoq turdilar…» deb davom etib, jumladan, shunday dedilar: «Bas, U zot sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, quyosh va oy Allohning oyatlaridan ikki oyatdir. Ular birovning o‘limi yoki hayoti uchun tutilmaydilar. Qachonki buni ko‘rsangiz, Allohni zikr qilinglar», dedilar.Odamlar: «Ey Allohning Rasuli, sizni turgan maqomingizda bir narsani ushlaganingizni, so‘ngra cho‘chib, orqaga qaytganingizni ko‘rdik» deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Shubhasiz, men jannatni ko‘rdim. Bir shingil (uzum)ni ushladim. Agar uni (uzib) olganimda, albatta, dunyo boqiy turgunicha undan er edingiz. Va menga do‘zax ko‘rsatildi. Bugungi manzaradek dahshatli manzarani hech ko‘rganim yo‘q. Uning ahlining aksari xotinlar ekanligini ko‘rdim», dedilar.«Nima uchun, ey Allohning Rasuli?» deyishdi.«Kufrlari uchun», dedilar.«Allohga kufr keltiradilarmi?» deyishdi.«Erlariga kufroni ne’mat qilishadi. Yaxshilikka kufroni ne’mat qilishadi. Agar ulardan biriga umr bo‘yi yaxshilik qilsang ham, so‘ngra sendan bir (yoqmaydigan) narsa ko‘rsa, «Sendan hech yaxshilik ko‘rganim yo‘q», deydi», dedilar».Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilganlar.Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Namozda ozgina amal joiz ekanligi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kusuf namozida qo‘llarini uzatib, bir narsani ushlaganlar, so‘ngra cho‘chib, orqaga tisarilganlar. Bu holni u zotga iqtido qilib, namoz o‘qiyotgan sahobai kiromlar ko‘rganlar va shuning uchun namozdan keyin bu haqda savol berganlar. 2. Birovdan sodir bo‘lgan tasarrufni tushunmasa, so‘rash joizligi. 3. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam jannatni ko‘rganliklari. 4. Jannat mevalari borligi, ulardan bir shingilni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ushlab ko‘rganliklari. 5. Agar bu dunyoda jannat mevalaridan bir shingil bo‘lsa, u dunyo turgunicha eyilsa ham tamom bo‘lmasligi. Chunki jannatning hamma narsasi boqiydir. 6. Foniy dunyoda boqiy narsa bo‘lmasligi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam jannatdagi shingilni ushlasalar ham, uni uzib olmaganliklari. 7. Payg‘ambarimiz alayhissalom Do‘zaxni ko‘rganliklari. 8. Do‘zaxning dahshatidek dahshat va qo‘rqinchidek qo‘rqinch bu dunyoda yo‘qligi. 9. Do‘zax ahlining aksari xotinlar ekanligi. 10. Olim kishidan ba’zi narsalar haqida «Nima uchun?» deb so‘rash mumkinligi. 11. Allohga kufr keltirmagan kishilar ham do‘zaxga tushishlari. 12. Yaxshilikni inkor qilishga ham kufr so‘zini ishlatish mumkinligi. 13. Eriga kufroni ne’mat qilgan xotin do‘zaxga tushishi aniq narsa ekanligi. 14. Yaxshilikka kufroni ne’mat qilish do‘zaxga tushishga sabab bo‘lishi. 15. Ayollarning arzimagan narsa uchun butun yaxshiliklarni unutib yuborishlari.عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: انْكَسَفَتِ الشَّمْسُ فِي عَهْدِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَسَاقَ حَدِيثًا طَوِيلًا إِلَى أَنْ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَا مِنْ شَيْءٍ تُوعَدُونَهُ إِلَّا قَدْ رَأَيْتُهُ فِي صَلَاتِي هَذِهِ، لَقَدْ جِيءَ بِالنَّارِ وَذَلِكُمْ حِينَ رَأَيْتُمُونِي تَأَخَّرْتُ مَخَافَةَ أَنْ يُصِيبَنِي مِنْ لَفْحِهَا، وَحَتَّى رَأَيْتُ فِيهَا صَاحِبَ الْمِحْجَنِ يَجُرُّ قُصْبَهُ فِي النَّارِ كَانَ يَسْرِقُ الْحَاجَّ بِمِحْجَنِهِ، فَإِنْ فُطِنَ لَهُ قَالَ: إِنَّمَا تَعَلَّقَ بِمِحْجَنِي، وَإِنْ غُفِلَ عَنْهُ ذَهَبَ بِهِ، وَحَتَّى رَأَيْتُ فِيهَا صَاحِبَةَ الْهِرَّةِ الَّتِي رَبَطَتْهَا فَلَمْ تُطْعِمْهَا وَلَمْ تَدَعْهَا تَأْكُلُ مِنْ خَشَاشِ الْأَرْضِ حَتَّى مَاتَتْ جُوعًا، ثُمَّ جِيءَ بِالْجَنَّةِ وَذَلِكُمْ حِينَ رَأَيْتُمُونِي تَقَدَّمْتُ حَتَّى قُمْتُ فِي مَقَامِي، وَلَقَدْ مَدَدْتُ يَدِي وَأَنَا أُرِيدُ أَنْ أَتَنَاوَلَ مِنْ ثَمَرِهَا لِتَنْظُرُوا إِلَيْهِ، ثُمَّ بَدَا لِي أَنْ لَا أَفْعَلَ، فَمَا مِنْ شَيْءٍ تُوعَدُونَهُ إِلَّا قَدْ رَأَيْتُهُ فِي صَلَاتِي هَذِهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida quyosh tutildi», deb turib, uzun hadis keltirganlar va jumladan, shunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizga va’da qilingan nimaiki narsa bo‘lsa, hammasini ushbu namozimda ko‘rdim. Batahqiq, do‘zax keltirildi. Ana o‘sha, olovi menga tegmasin, deb orqaga tisarilganimni ko‘rganingizdir. Hattoki unda ilmoqli aso egasini ham ko‘rdim. Do‘zaxda ichaklarini sudrab yuribdi. U ilmoqli asosi bilan hojilarning (narsasini) o‘g‘irlar edi. Agar bilinib qolsa, «Ilmoqli asoyimga ilinib qolibdi», der edi. Agar g‘ofil qolinsa, olib ketar edi. Unda hattoki mushuk sohibasini ham ko‘rdim. U ayol mushukni bog‘lab qo‘yib, to o‘lgunicha unga taom ham bermagan, erdagi hasharatlardan eyishi uchun qo‘yib ham yubormagan edi. So‘ngra jannat keltirildi. Bu narsa mening oldinga yurganimni ko‘rganingizda bo‘ldi. O‘z maqomimda turdim, qo‘limni cho‘zib, uni ko‘rishingiz uchun mevasidan olmoqchi bo‘ldim. So‘ngra menga buni qilmaslik zohir bo‘ldi. Bas, sizga nimaiki va’da qilingan bo‘lsa, hammasini ushbu namozimda ko‘rdim», dedilar».Muslim va Nasaiy rivoyat qilganlar.Sharh: Avvalgi hadisdagiga qo‘shimcha ravishda ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bu dunyodalik vaqtlarida oxiratda bo‘lishi va’da qilingan hamma narsalar ko‘rsatilganligi. 2. Arzimagan narsani ham o‘g‘irlash juda yomon narsa ekanligi. Chunki egri asoning uchi bilan ko‘p narsa o‘g‘irlash mumkin emas. Lekin o‘sha egri aso bilan o‘g‘rilik qilgan odamning do‘zaxda ichaklari sudralib yurishi oson narsa emas. Shuning uchun birovning haqqidan nihoyatda qo‘rqish lozim. 3. Hayvonlarni azoblash harom ekanligi, bu ishning do‘zaxga tushishga sabab bo‘lishi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 187 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar