Najot kemasi kitobi
Assalomu alaykum! Yaqinda google play dan «Najot kemasi» kitobini yuklab o‘qidim. Lekin ba’zi mazmundagi, masalan Islomda bo‘lmagan odamlar bilan umuman aloqa qilish kerakmasligi haqidagilariga tushunmadim. Shu kitobni aynan elektron varianti bilan tanishmisizlar? U kitobni o‘qisa, o‘rgansa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tarjima noto‘g‘ri qilingan ekan. Chunki musulmon kishiga yahudiy va nasoro bo‘lgan ayolga uylanishi joiz. Qolganini o‘zingiz tushunib olavering. Allohni haqorat qiladiganlarga uylanish, murosada bo‘lish boshqa narsa, muhabbat qilish boshqa narsa. Shariat ularga muhabbat qilishdan qaytaradi. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi : يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى أَوْلِيَاء بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ إِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 51. Ey iymon keltirganlar! Yahudiy va nasorolarni o‘zingizga valiy – do‘st tutmang. Ular bir-birlariga do‘stdirlar. Sizdan kim ularni do‘st tutsa, albatta, u ulardandir. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat etmas. «Valiy» so‘zi «do‘st» ma’nosidan ko‘ra chuqurroq va kengroq ma’noni ifodalaydi. Valiy bo‘lish o‘zaro birlashish, yordamchilar ittifoqini tuzish ma’nosini anglatadi. Qur’oni Karimning ahli kitoblarga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lish haqidagi ma’lumotlari boshqa masala, ularni valiy tutmaslik haqidagi ko‘rsatmasi boshqa masaladir. «Ular bir-birlariga do‘stdirlar». Yahudiy va nasorolar kofirligi tufayli bir-birlari bilan do‘st bo‘ladilar. Islom nuqtai nazaridan kufr millati bir millat hisoblanadi. Ularning hammasi Islomga qarshidirlar. Bu haqiqatni musulmonlar yaxshi tushunib olmoqlari va ana shunga qarab munosabatda bo‘lmoqlari zarur. «Sizdan kim ularni do‘st tutsa, albatta, u ulardandir». Musulmonlardan kim kofirlarni do‘st tutsa, ular bilan birgalashsa, ularni o‘ziga yaqin deb bilsa, shubhasiz, musulmonlar bilan o‘z aloqasini kesgan bo‘ladi. U ham o‘sha kofirlar safidan joy oladi. «Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat etmas». Kofirlarni do‘st tutganlar o‘ziga ham, musulmonlar jamiyatiga ham zulm qilgan bo‘ladilar. Albatta, unday zolim qavmlarni Alloh taolo hidoyat qilmaydi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:19 | Savol-javoblar | 157 | Ta’lim va muta’allim