Mustahab latta

Assalomu alaykum! Hurmatli  ustozlar masjid qavmi o‘rtasida tortishuvga sabab bo‘lgan masala haqida so‘ramoqchi edim. Tahorat uchun mustahab qilganda artib qurutish uchun kichikroq hajmda latta ishlatsa, hamda shu lattani dastro‘mol kabi yonida olib yursa bo‘ladimi? Ba’zi insonlar ushbu lattani namoz vaqtida cho‘ntakda tursa zarari yo‘q desa, ba’zilar bu latta avrat artilganligi uchun namoz uchun makruh bo‘ladi degan fikrda. O‘sha latta hamda uning hukmi haqida bilmoqchi edik. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Najosat tegmagan bo‘lsa pok hisoblanib, u bilan namoz o‘qishning zarari yo‘q. Lekin uni o‘zgalardan maxfiy tutish odob hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:19 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar