Ipakdan yostiq va to‘shak qilsa bo‘ladi

Assalomu alaykum! Ipak haqidagi savol — javoblarning birida: «Ipakdan yostiq va to‘shak qilsa bo‘ladi.» deb aytilgan va Abdulloh ibn Abbosning ipak yostiqlari bo‘lganligi haqida rivoyat qilingan.
Savolim, «Ipakdan yostiq va to‘shak qilsa bo‘ladi» deyilgan hukmdagi «yostiq» va «to‘shak»dan murod biz hozirgi kunda boshimizni qo‘yadigan yotiq, ostimizga soladigan to‘shak va ustimizga o‘ranib oladigan ko‘rpa-to‘shaklar nazarda tutilganmi, ya’ni bu degani uxlaganimizda ishlatadigan yostiq, ko‘rpa, to‘shaklarimiz ipakdan bo‘lsa bo‘laveradi deganimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:38 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar