Sifatsiz mahsulotni aytib sotish

Assalomu alaykum! Men qurilish mollari bilan tijorat qilaman. Har sohada bo‘lgani kabi, bunda ham sifatli va nisbatan sifati pastroq mahsulotlar bo‘ladi. Men bundan 6 oy avval bir savdogar xaridorimga qurilish mahsulotini bergan edim. Bunda xaridorim bu mahsulotni sifati pastroqligidan xabardor bo‘la turib ham shu mahsulotdanam xarid qildi. Oradan vaqt o‘tib o‘sha xaridorim u mahsulotni o‘z xaridoriga sotgandan so‘ng u shikoyat qilib kelganini va sifatsiz mol pulini qaytarishini talab qilganini ma’lum qildi. Savdogar xaridorim bu mahsulotni sifati haqida aytib sotganidan bexabarman. Savolim, sifati pastligini aytib sotilgan mahsulotni badal hukmi qanday bo‘ladi? Ya’ni men savdogar xaridorimga badal haqini to‘lashim kerakmi yoki u?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sifati pastligini siz aytgan bo‘lsangiz, u ham xabardor bo‘lsa, xaridorga ham bildirgan bo‘lsa, hech kim badalini to‘lamaydi. Orada kim bildirmagan bo‘lsa, o‘sha to‘laydi. Agar sifati past mahsulot aslida yaroqsiz bo‘lsa, siz to‘laysiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar