Pulning qadrsizlanishi

Assalomu alaykum! Hurmatli “islom.uz” sayti xodimlari ustozlar, men sizlardan so‘ramoqchi bo‘lgan savolning javobi hozirgi kunlarda ko‘pchilikni xususan meni qiziqtirayapti. Biz Qozog‘istonda O‘zbekistondan har xil quruq mevalar olib kelib savdo ishlari bilan shug‘ullanamiz. Shu erda savdo qiluvchi o‘zbek, tojik musulmon birodarlarimizga nasiyaga sotar edik. Shu kunlarda Qozoq tangasi qadrsizlanib 1 $ 185 tangadan 285 tangaga ko‘tarilib ketdi. Natijada 10.000 $ nasiyasi bo‘lgan odamni puli 6500 bo‘lib qoldi. Shu vaziyatda nasiyalarni oldingi kursda hisoblab dollar olish halol bo‘ladimi? Shu masala haqida kengroq ma’lumot bersangizlar xursand bo‘lar edik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Foyda yoki zarar ko‘rish bu bandaning ixtiyoridagi narsa emas. Shariat hukmi bo‘yicha necha pulga va qaysi pulga sotgan bo‘lsangiz o‘shani olishga haqlisiz. Ortig‘ini olishga haqqingiz yo‘q. Mabodo haqqini to‘lovchilar tafovutni e’tiborga olib, qarzlarini to‘lasalar diyonatan yaxshi ish qilgan bo‘ladilar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:56 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar