Pora va sudxo‘rlik haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, do‘stlarim bilan pora va sudxo‘rlik  haqida baxslashib qoldik.  Chorasiz qolgan inson foizga qarz olsa ribo bo‘lib gunohkor inson bo‘ladimi? Oxirgi yo‘li shu bo‘lsa chorasiz inson nima qilsin?  Tadbirkor qonun doirasida ishlashni imkoni bo‘lmayabdi.  Qonun doirasida ishlasa qilayotgan ishidan foyda ololmaydi. Shunday vaziyatda soliq inspektoriga pul berishi mumkinmi?  Moli va jonini asrash uchun bersa bo‘ladi. Unda beruvchiga halol oluvchiga harom bo‘ladi deb dalil keltiryapti do‘stimiz. Javoblaringiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘ladi. Bizda unday inson topilmaydi. Chunki ular aytayotgan nochor inson ochidan o‘layotgan bo‘lishi kerak. tijorat qilish uchun olish yoki o‘lmas holatda bo‘laturib holatini yanada yaxshilash uchun olish joiz emas. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 17:32 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar