Tamaki chekilgan dasturxonni tark etish kerakmi?

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Biz ulfatlar bilan yig‘ilganda ba’zilarimiz dasturxon artofida chekishadi. Boshqalar “tashqarida chekinglar” desa xam, odobsizliklaridan boshqalarni gapiga quloq solishmaydi. Hazrat men taqvo qilsam shu davrani tark etishim kerakmi? Yoki shu 3, 4 chekayotgan kishini deb qolgan birodarlarimdan uzoqlashib ketishim yaxshi emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hammangiz bir bo‘lib kashandanlarni chiqarib yuboringlar. Hozir dunyo bo‘yicha shunday ish olib borilmoqda.

26 May 2022, 20:31 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar