Juda nozik aqidaviy savol
Muhtaram istoz.Imom Molik bu savolni so‘rash makruh yoki bid‘at degan ekanlar.Lekin meni ko‘p o‘ylantirgani uchun sizga berishga jur‘at qildim.Gunohimni Alloh taolodan kechirishini so‘rab qolaman.Ba‘zilar Quron va Sunnatga asoslanib (dalillarini birma-bir keltirib o‘tirmadim,chunki siz ularni mendan yahshiroq bilasiz) Alloh taoloni osmonda,Arshni ustida deb e‘tiqod qilishadi.Hatto men imom Abu Hanifani kim Alloh arshni ustida emas desa kofir bo‘ladi degan ma‘nodagi qavllarini o‘qiganman.Boshqalar esa Allohga biror makonni,shu jumladan Arshni ustini ham makon qilib berib bo‘lmaydi.Alloh taolo biror joyni makon tutishdan pok bo‘lgan zotdur deyishadi.Men hatto Allohga Arshni ustini makon berish bu Alloh biror makonga hojati bor ekan deb tushunish bo‘ladi va bu shirk bo‘ladi deb o‘qidim.Alloh biror makondan behojat degan odamlar Allohni hamma yoqda deb bilish kerak deb o‘rgatadilar.Bu hamma yoqda deganlar odamni oyog‘ini ostini,iflos joylarni va shunga o‘hshash nobob joylarni ham nazarda tutishganmi?Iltimos ustoz o‘ziz javob berib,yuqoridagilarni qaysi gapi to‘griligini bildirsangiz.Agar ikkala guruhni gapi ham hato bo‘lsa o‘zingiz to‘g‘ri javobni yozib yuborsangiz.Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shuning uchun ham, imom Molik va u kishiga o‘xshagan zotlarning gapiga kirgan yaxshi bo‘ladi. Ammo yaxshi bilib qo‘yinki, hech qachon Alloh taolo haqida siz aytganga o‘xshash U zotga noloyiq bo‘lgan narsani o‘ylamaslik kerak. Bu va bunga o‘xshash masalalarda tortishgan ulamolarning har biri ham Alloh taoloning ulug‘lash va nuqsonlardan poklashni niyat qilganlar.
27 May 2022, 05:50 | Savol-javoblar | 182 | Aqiyda