Ko‘chadagi mevalarni so‘ramasdan olishning hukmi

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin ishlaringizni barakasini bersin. Savolim mana kuz fasliyam keldi yong‘oqlar pishib ko‘chalarda erlarga to‘kilib tushvotti. Shu erga tushgan yong‘oqlarni ko‘chadan o‘tib ketayotgan yo‘lovchilar egasidan so‘ramasdan olib ketsa yoki terib olsa hukmi nima bo‘ladi? Ya’ni so‘ramasdan olgani uchun u yong‘oq harom hisoblanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom hisoblanadi. Shariatimizda “vaqf eriga ekalgan daraxt, er uniki bo‘lmasada daraxt ekkaniki hisoblanadi” deyilgan. Ko‘chalar ham hamma foydalanishi uchun vaqf qilingan joy hisoblanib, daraxt ekkan kishi daraxtning egasidir. Uning ruxsati shart. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar