Onlayn savdo haqida

Assalomu alaykum! Onlayn savdoning shartlarini chuntirip bersangiz, chunki hozirgi vaqtda ko‘p insonlar onlayn savdo qilishayapti,onlayn savdo orqali buyurtma olgan odam (yani sotuvchi)o‘zida bo‘lmagan mahsulotlarni mijozlardan buyurtma olib ularni bir joyga to‘plab mijozga dastafka qilip berishi mumkinmi??bu ishi mijozgaham yaxshi,chunki hozir ko‘p buyum bozorlari karantin sabab yopilgan,ahir mijoz rozi bo‘lib pulini beryaptiku,mijozning ham og‘iri engil bo‘layaptiku, sotuvchi ham 2 ta 3ta joyga borib o‘zining oldidan pul to‘lab o‘sha mahsulotni o‘zini puliga sotib olib keyin mijozga beryaptiku,shu savolga jovobni kanalingizga ham qo‘yishingizni iltimos qilaman,chunki hozirgi kunda ko‘pchilik onlayn savdo qilib shu ishini shartlarini bilmayapti
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rtada savdo qiluvchi odam, molni egasi bilan shartnoma tuzishi kerak. Shunda u sotib berishga ijaraga yollangan odam hisoblanadi. Xizmat haqini ham tayin qilib olishi kerak. Yoki xaridorga mol o‘ziniki emas, o‘rtada turib etkazib berayotganiga haq olayotganini aytishi kerak. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 12:21 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar