Telefon ishlatsang taloqsan

Assalomu alaykum! Agar er ayoliga masalan telefon ishlatsang taloqsan desa, lekin qayta o‘ylab ko‘rib telefon ishlatsa zarar qilmasligiga ishonch xosil qilib taloqni qaytarib olsa bo‘ladimi? Ya’niki taloq tushmay turib. 2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan ekanlarki mendan keyin bir ummatim keladi va ular meni ko‘rmasdan iymon keltiradilar va ularni bitta qilgan savobi sizlarni yaani saxobalarni 50 tasini savobiga barobar bo‘ladi degan ekanlar. Shu xadis qay ma’noda to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Telefon ishlatsang taloqsan desa qachon telefon ishlatsa taloq tushadi. Qaytib oldim deyishingiz o‘tmaydi. 2). Bu Allohning fazli. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 14:29 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar