Qonni ko‘paytirish uchun Kagor ichish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yaqinda operatsiyadan oldin juda ko‘p miqdorda qon yo‘qotdim. Operatsiyadan so‘ng shifokorlar “KAGOR degan vino ichgin qon ko‘paytiradi” deyishdi. Spirti uchib ketishi uchun novvot solib 15 dakika kaynatib ichvomman, lekin oz miqdorda vinoni ichida spirti bari bir qolib ketvotti, lekin u odammi mast qiladigan darajaga olib borishga judayam kuchsizlik qiladi. Nima deysila, to‘g‘ri yo‘l tutvommanmi? Bu vinoni ichib nomozlarimmi davom ettirishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’onda zikri kelgan xamr o‘sha vinodir. U hech qanday holatda halol bo‘lmaydi. Dindan bexabar doktorlar boshqa yo‘li bo‘laturib sizga noto‘g‘ri tavsiya qilishibdi. Ayni shu siz aytgan vino haqida Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, zafar topsangiz. Arab tilida «xamr» so‘zi «to‘sish», «berkitish» ma’nolarini anglatadi. Tanovul qilgan kishining aqliga ta’sir etadigan, uning aqlini to‘sadigan, berkitadigan, boshqacha qilib aytganda, mast qiladigan har bir narsaga «xamr» deyiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarida «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir, har bir xamr haromdir», deyilgan. Bundan anglashiladiki, «Aroqdan boshqa narsalarni ichsa bo‘laveradimi?», «Ichmasa-yu, cheksa nima bo‘ladi?» kabi savollar, shuningdek, «Aroqning o‘zi harom emas ekan-u, mast qilishi harom ekan», deganga o‘xshash «sharh»lar hammasi o‘rinsiz va mantiqsiz gaplardir. «Qimor» aslida arabcha so‘z, ammo oyatda aynan «qimor» so‘zi emas, balki uning murodifi – «maysir» so‘zi keltirilgan. Bu esa osonlik bilan mol topish ma’nosini bildiradi. Ya’ni qimorning haqiqiy ma’nosiga dalolat qiladi. But va fol ochadigan cho‘plar haqida avvalgi oyatlar tafsirida etarli ma’lumotlar berilgan. Alloh taolo ushbu oyatda xamr tanovul qilish va qimor o‘ynash kabi amaliy gunohlarni butga cho‘qinish va folbinga ishonish kabi kufr va shirk sanalgan ulkan ma’naviy jinoyatlarga tenglashtirmoqda. Ba’zi odamlar butga cho‘qinishdan qattiq hazar qiladilar, o‘lib ketsa ham bu ishni qilishga ko‘nmaydilar. Ammo aroqni ichaveradilar, qimorni o‘ynayveradilar. Folbinga borish haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Alloh taolo bu ishlarning barchasini qo‘shib-jamlab turib, bir xil baho bermoqda: «Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir», – demoqda. So‘ngra iymon keltirgan bandalariga xitob qilib: «Bas, undan chetda bo‘ling», – demoqda. Ya’ni «Shoyadki, ushbu ifloslikdan va shaytonning ishidan chetda turish mo‘min bandalarning najot topishlariga sabab bo‘lsa», – demoqda. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 182 | Tabobat