Internet orkali pul tikish

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan anik javob topa olmadim. Xozirgi kunda internet tarmogi orkali sport uyinlariga oldindan pul tikuvchi saytlar soni kupaymokda ( ing. Bet). Bunda pul onlayn tarzda tikiladi va yutilsa xam onlayn tarzda pul turaveradi uni keyin uz xisobingizga utkazishingiz mumkin. Ana shu narsa xarommi? Birodarlarimiz (namozxonlar xam) buni xarom kimor emas, shunchaki kizikish, ermak , bu pullar onlayn koshelokda turaveradiku, deyishmokda. Buning xukmi kanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar