Xotirjam bo‘lmayapti

Assalomu alaykum! Saytning Telegramdagi kanaliga anchadan beri a’zoman va bu kanal shu vaqt ichida manga ko‘p narsalarni o‘rgatdi. O‘zim o‘rta ta’lim muassasasida o‘qiyman. U erdagi man judayam hurmat qiladigan ustozim bu kanalga a’zo ekanligimdan xabar topgach mandan xavotir olib bu kanalni tark etishimni iltimos qilyabdilar. Ustozimning fikricha, ta’lim muassasida kimdir telefonimni tekshirib qolsayu, bu kanalni ko‘rsa bu man uchun muammo bolarkan. Man ustozga bu kanal rasmiy ekanligini, xech qanday muammo bo‘lmasligini tushuntirishga urinsamda, baribir xavotirlari arimadi. Iltimos, telegramdagi kanalingizga bu kanal rasmiy ekanligiga, rasman bundan hamma birdek foydalanishi mumkinligiga bilan anik oydinlik kiritadigan javob joylashtiringlar. Shunda o‘sha javobni ustozimga ko‘rsataman. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ustozingiz noto‘g‘ri tashviqot qilibdi. Hukumat a’zolari viloyat imomlarining majlislarida imomlar internetga ulanadigan telefonlar olib, “Zikr ahlidan so‘rang” kanaliga ulanishlari va undagi masalalarni o‘rganib xalqqa tatbiq qilishlarini talab qilgan. O‘sha talablar ichida imomlar maktablarga borib talabalarga etkazishlari ham kiritilgan. Kanaldagi savol javoblar rasmiy saytimiz bo‘lmish savollar.islom.uz dan olinadi. Saytning “uz” domenida bo‘lganining o‘zi ro‘yxatdan o‘tib davlat tomonidan ruxsat berilganligi shuningdek rasmiyligining ham alomatidir. Kanalda qo‘yiladigan turkum media maxsulotlarning aksari esa rasmiy do‘konimiz Hilol-nashrda sotuvga chiqqan, litsenziyalangan disklardagi audio va videolardir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 153 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar