Fotiha surasi

A’`uzu bill`ahi minash shayt`onir roj`iym. Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Al hamdulill`ahi robbil ‘`alam`iyn. Ar-rohm`anir roh`iym. M`aliki yavmidd`iyn. Iyy`aka na’budu va iyy`aka nasta’`iyn. Ihdinas sir`otol mustaq`iym. Sir`otollaz`iyna an’amta ‘alayhim g‘oyril mag‘z`ubi ‘alayhim valazz``oll`iyn.


Mazmuni: Allohning dargohidan quvilgan shayton yomonligidan Allohning panohiga qochaman. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar rabbi Allohgakim, (U) mehribon, rahmli va hisob-kitob kuni (Qiyomat)ning egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz! Bizni shunday to‘g‘ri yo‘lga boshlaginki, (U) Sen in’om (hidoyat) etganlarning (payg‘ambarlar, siddiq va shahidlarning) yo‘lidir, g‘azabga uchragan (Muso qavmidan itoatsizlarining) va adashgan (Iso qavmining «Allohning farzandi bor» deydigan)larning emas!


Fotiha surasidan so‘ng bir zam (qo‘shimcha) sura o‘qiladi.


3 Aprel 2022, 18:03 | Suralar | 172
Boshqa savol-javoblar