Jiyandan satri avrat qilishni talab qilish

Assalamu alaykum, muhtaram Shayx Hazratlari! Bir oilada erkak kishining jiyani o‘qish sababdan birgalikda yashaydi. Qizning ota-onasi boshqa shaharda. Bir yildan beri tog‘asi unga satri avrat farz ekanligini har tomonlama, yaxshilik bilan tushuntirib kelmoqda. Hozircha foyda yo‘q, jim turaveradi. Baqir-chaqir yo‘q, faqat yaxshi gap. Bundan tog‘asi charchagani ham yo‘q. Biroq bu masalani lekini bor - o‘sha qizning onasi (erkakning opasi) va boshqalar o‘rtaga tushib, yordam o‘rniga "Kel, shu qizga tegma, o‘zi biladi. Yana bir narsa bo‘lib qolmasin", deyishyapti. Qiz bir-ikki ko‘chib ketishga ham uringanday bo‘ldi, lekin tog‘asi qo‘ymadi. Ko‘chib ketsa nima bo‘ladi axir? Alhamdulilloh, u namozlarini ado etadi, o‘qish paytiga to‘g‘ri kelganini qazo qiladi, ro‘zasini tutadi, lekin o‘sha gap. Institutda ruxsat yo‘q emish, baloga qolar emish. Ustiga dizayn yo‘nalishida o‘qiydi, atrof muhit ham ta’sir ko‘rsatayotganga o‘xshaydi. Hazrat, qaysi yo‘lni tutgan ma’qul? E’tibor bermay desa, gapirmay desa, axir u bir uyda yashaydi-ku? Jiyani-ku... Burchi-ku!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz erinmay qizga nasihat qilishda davom etavering. Dindor qizlar va ayolarni ham ishga soling. Ular ham nasihat qilishsin.

26 Май 2022, 20:33 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar