Chillali ayol

Assalomu alaykum! Ustozlar, savolimdan biroz hijolatdaman oldindan uzur. Ayol kishi tuqqanidan keyin 40 kun chillali hisoblanadi. Shu vaqt ichidan yomon narsa oqadi. Ammo oqayotgan narsa chilla chiqishidan oldin kelmay qolsa, er ayoli bilan yaqinlik qilsa bo‘ladimi? Oldindan tashakkur. Sizlardan minnatdormiz aziz Ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan narsani shariatimizda nifos qoni deyiladi. Agar birinchi tug‘ish bo‘lsa, qon to‘xtashi bilan ayol g‘usl qiladi va eri bilan yaqinlik qilaveradi. 40 kungacha kutib o‘tirish shart emas. Agar 2-3-tug‘ishlar bo‘lsa, 1-2-tuqqanlarida o‘sha qon necha kunda to‘xtagan bo‘lsa, o‘shancha muddat u ayolning nifosdagi odati hisoblanadi. Xuddi hayzdagi kabi. Masalan 1-tuqqanida qon 30 kunda to‘xtagan bo‘lsa, 30 kun o‘sha ayolning odati deyiladi. 2-tuqqanida 20 kunda qon to‘xtasa g‘usl qilib namoz ro‘zani boshlaydi, ammo 30 kun to‘liq bo‘lgunicha eri bilan yaqinlik qilmay turadi. Chunki oldingi odatga ko‘ra yana qon kelib qolishi bor. Odatda nifos qoni hamma ayolda har xil bo‘ladi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 197 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar