Ming taloqsan degan ekan

Assalomu alaykum! Bir odam aytishicha, xotini bilan urushib “taloqsan” degan xotini uyiga ketib ertasiga telefon qilib eriga “siz taloq bermadingiz” deganda er “mana senga 3 taloqsan, ming taloqsan” degan. Uch taloq tushganmi? So‘ng oradan ikki, uch yil o‘tgandan keyin bir-biri bilan ko‘rishib orada bola bo‘lib qolgan. Endi u ayolga sovchi kelyapti ekan, u bolani olib tashlab erga tegaman deyapti. Er “yo‘q olmaysan” desa, “bo‘lmasa meni kvartiraga chiqarib qo‘ying, men u erda bolani oldirmasdan yashayman”, deyapti, lekin u ayolni ota-onasi bermaydi. Yolg‘on ishlatib, bolani asrab qolish uchun “nikoh o‘qitdik”, deb olib chiqsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oraga uch taloq tushgandan keyin ularni yashashlari halol emas. Bola ham benikoh bo‘lgan hisoblanadi. Bu bilan bolani tushirish mumkin degani emas. Bolani oldirilsa og‘ir gunoh bo‘ladi. Bu holatda ona bolani tuqqunicha turmushga chiqolmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar