Foizchi odamga ijaraga do‘kon berishlik

Assalomu alaykum! Bozorda savdo qilaman, 1ta do‘konni to‘ldirishga qurbim etmaganidan ijaraga berganman. Ijarachimni foizga pul beryabdi, undan ijara olsam menga xarom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz uni u erdan chiqarib yuboring. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ  ورواه الإمام أحمد في المسند Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar. عن عبد الله بن حنظلة غسيل الملائكة قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: درهم ربا يأكله الرجل وهو يعلم أشد من ست وثلاثين زنية. رواه أحمد، والطبراني في الكبير Abdullohb ibn Hanzala(farishtalar g‘usl qildirgan zot) roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi bilib turib ribodan bir dirham eyishi 36 bor zino qilishdan qattiqdir” dedilar.
Imom Ahamad va Tabaroniylar rivoyati. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 04:47 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar