Roziyallohu anhu deyish

[size=12pt]Assalomu alaykum Shayx hazratlari.Aloh sizdan rozi bo‘lsin!Roziyallohu anhu iborasini ishatish haqida saytdan savol-javoblarni izlab quyidagi savol-javobni topdim:Savol:Assalomu alaykum Ustoz sizga bermoqchi bo‘lgan savolimiz quyidagi’a - Katta olimlarimizning maruzalaridan birida eshitdikki hozirgi kunda biror kishiga minnaddorchilik (duo) ma’nosida "Alloh sizdan rozi bo‘lsin " diyish joiz emas ekan chunki bu duo faqat sahobayi kiromlarga hos ekan shu rostmi biz sizning javobingiz bilan qanoatlanamiz shu sabab sizni yana bezovta qilayapmiz uzr.Javob:O‘tib ketganlarni yo‘qlashda sahobalarga “roziyallohu anhu” deyiladi. Tiriklarga nisbatan sahobamaslarga ham ishlatsa bo‘ladi.Manba: https://savollar.islom.uz/smf/index.php/topi’,18097.0.htmlMazkur javobdan o‘tib ketgan kishilarni yo‘qlashda sahobalardan boshqaga nisbatan “roziyallohu anhu” deyish mumkin emasligi chiqadimi yoki sahobalarga nisbatan bu iborani ishlatilishi odatmi ya’ni sahoba bo‘lmagan bo‘lsalar ham vafot qilgan solih kishilar ortidan “roziyallohu anhu” deb yo‘qlash mumkinmi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.[/size]
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sahobalarga nisbatan bu iborani ishlatilishi odat, sahoba bo‘lmagan bo‘lsalar ham vafot qilgan solih kishilar ortidan “roziyallohu anhu” deb yo‘qlash mumkin.

4 May 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar