Master kard kartalaridan foydalanish

Assalomu alaykum! Men Master kard plastik kartam orqali chet el savdo saytlaridan kiyim kechak va mahsulotlar sotib olaman. Xarid qilgan vaqtimda bank qarz tariqasida plastik kartamdan mahsulot narxini echib oladi. Oylik xaridlarimni 1 oydan so‘ng to‘lash uchun xabar yuboradi. Bir oylik xar bir qilgan xaridlarimdan o‘sha bankka xaridimni 0.195 miqdorida soliq qo‘shib to‘lashim kerak ekan. Bu ribomi? Agar ribo bo‘lsa xarid qilib olgan mahsulotlarimdan foydalanishim mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kartada pul qolmagan vaqtda bank qarzga pul berib turadi. Keyin uni ishlatilsa muddat o‘tgandan keyin foizga qarzni bank qaytarib oladi.
Bu mutaxassisning javobi edi. Agar shunday bo‘lsa siz sudxo‘rlik bilan shug‘ullangan bo‘lib qolasiz. Olib qo‘ygan bo‘lsangiz narsalardan foydalanish joiz. Qilgan ishingiz esa eng og‘ir gunoh. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar