Niyyat qilib u ishni uzr bilan bajara olmaslik

Assalomu alaykum! Men farz namozlaridan tashqari har kuni tahajjud va tasbeh namozlarini o‘qishni niyyat qildim, lekin homiladorligim bois bu menga biroz og‘irlik qilyapti, qattiq charchab qolyapman. Savolim shundan iboratki agar men uzr tufayli bu namozlarni o‘qiy olmasam menga katta gunoh yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh insonni toqatidan tashqarisiga buyurmaydi. Xuftondan keyin o‘qilgan har bir nafl namozi tahajjud hisoblanadi. O‘tirib o‘qishingiz ham joiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, siz kabi opa-singillarimiz borki vatanimiz tinch-omon, xalqimizni rizqi mo‘ldir. Aks holda sodir bo‘layotgan gunohlarga bizdan oldingi qavmlarni er yutib ketgan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 137 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar