Sutra
Hurmali Shayx Hazratlari Sizdan va siz kabi Din Olimlaridan Allohning O‘zi rozi bo‘lsin Amin.Ustoz avvilgi savollarimga beminnat javob berganingiz o‘zi men uchu katta bir yutuq deb hisoblayman Alloh Sizdan rozi bo‘lsin va O‘zining huzurida martabangizni bundanda ziyoda qilsin Amin.Ustoz men ilm o‘rganish niyatida har hil Diniy kitoblarni o‘qib chiqqn edim u paytlarda Sizdan va kitoblaringizda habarim yo‘q edi AlhamduliLlih Alloh sizni menga bildirdi va o‘rganishga imkon yaratib berdi. keyinchalik malum bo‘lishicha o‘qigan kitoblarim b.n siz yozgan kitoblar orsida talaygina farqlar bor ekan shuning uchun sizga tez-tez murojat qilishga ruhsat berasiz toki mani shubhaga va o‘ylantirgan savollarga nuqta qo‘yish maqsadida. shunday kitoblarning birida "O‘tga (olovga), jonli sur‘at yoki haykallarga va Qur‘onga qarab Namoz o‘qib bo‘lmaydi" deb yo‘zilgan edi, leki men bazi masjidlarda devorlarga ilib qo‘ygan tokchalar ustida Qur‘on kitoblarini ko‘rganman edim masala quydagicha biz Namoz o‘qimoqchi bo‘lsak kitob to‘g‘rimizda bo‘ladi-ku?? o‘zi bumday hollarda Namoz o‘qisa bo‘ladi-mi?? yani Qur‘on kitobiga qarab??Biz uchun Muhtaram bo‘lgan ustoz olib bo‘rayotgan ishingizda Alloh madad bersin Amin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oldida kitob tursa namoz o‘qisa bo‘ladi. Ammo Qur’oni Karimni ochib olib undan qiroat qilib namoz o‘qib bo‘lmaydi. Siz o‘qigan kitobda shuni aytilgan.
4 May 2022, 22:35 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oldida kitob tursa namoz o‘qisa bo‘ladi. Ammo Qur’oni Karimni ochib olib undan qiroat qilib namoz o‘qib bo‘lmaydi. Siz o‘qigan kitobda shuni aytilgan.
4 May 2022, 22:35 | Savol-javoblar | 175 | Namoz