Ko‘ngildan chiqarmasdan taloq deyish

Assalomu alaykum! Bu narsaga juda ko‘p vaxt bo‘lmadi. Er xotin urshib qoldik xo‘jeyinmla menga qo‘l ko‘targanlari uchun jovobmni bering deb jaxl ustida ketmoxchi bo‘ldm. Xo‘jeyinmla 3 taloqsan deb uydan chiqib kettilar. O‘zimga keganmdan keyin xato qilganimni chunib qoldim. Uyga ketolmadim. Xozirda men xomiladorman xojeynimlaga nikoh o‘qitaylik desam men ko‘ngildan etmadim, sani jim qilish uchun etkandim, bunda taloq tushmaydi dedilar. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga uch taloq tushgan. Taloq so‘zini aytilganda erni niyatining hech qanday qizig‘i yo‘q. Og‘izdan chiqqan bo‘lsa bo‘ldi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ثَلَاثٌ جِدُّهُنَّ جِدٌّ وَهَزْلُهُنَّ جِدٌّ: النِّكَاحُ، وَالطَّلَاقُ، وَالرَّجْعَةُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uch narsaning jiddiysi ham jiddiy, hazili ham jiddiy: nikohning, taloqning va raj’atning», dedilar».
Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan. Sharh: Oralarida nikoh to‘g‘ri bo‘ladigan kishilar hazillashib aqdi nikoh qilsalar, nikoh sobit bo‘ladi. Xuddi shuningdek, hazillashib qilingan taloq ham tushadi. Xotinini bir yoki ikki raj’iy taloq qilgan odam xotinining iddasi ichida «Seni o‘zimga qaytarib oldim», desa, raj’at – qaytish ham sobit bo‘ladi. Chunki bu hollarda o‘zi bilib turib, qasd qilib aytgan bo‘ladi. Islom hayotga, xususan, oilaviy hayotga jiddiyat bilan qaraydi. Er-xotin orasidagi nikoh aloqasini muqaddas aloqa sifatida ko‘radi. Muqaddas narsalarni hazil-huzulga aylantirish esa umuman mumkin emas. Hazil qiladigan bo‘lsa, kelib-kelib, eng muqaddas aloqalardan biri bilan hazillashadimi? Bir ayolning begona bir erkakka halol bo‘lishi oson narsa ekanmi? Alloh taolo «Baqara» surasida taloq hukmini bayon qiluvchi oyatlardan birida «Allohning oyatlarini hazil bilmang», degan. Bundan nikoh, taloq masalasi Allohning oyati ekanligi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Islom Allohning oyatlarining hazil, o‘yin-kulgi holiga tushib qolishini hech xohlamaydi. Musulmon kishi hayotga jiddiy qarasin. O‘zining oilasini o‘zi o‘yinchoq qilib qo‘ymasin. O‘z xotini bilan bo‘lgan, ikki bir-biriga harom shaxsni halol qilgan nikoh aloqasini o‘yinchoq qilgan odam har qanday jazoga loyiq. Uning talog‘ining tushishi ham joizdir.  Lekin hazil qilmay, xato qilib, boshqa so‘zni aytmoqchi bo‘lib turib, tiliga bexosdan taloq so‘zi kelib qolsa, taloq tushmaydi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 00:56 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar