Moliyaviy peramida

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda juda ham ko‘paygan moliyaviy peramidalar haqida so‘ramoqchiman. Unga a’zo bo‘lish uchun pul to‘laysiz(pul to‘laganizga boshida hech nima olmaysiz). Keyinchalik siz ham u moliyaviy peramidagaga odamlarni taklif qilasiz. Ular peramidaga a’zo bo‘lib, pul to‘lashsa keyin sizga pul berishadi(menimcha siz a’zo qilgan odamlar to‘lagan puldan sizga pul bera kerak hech qanday sababsiz berishadi). Ko‘p hollarda bunday peramidalarda albatta peramidani qaysidir qatlami zarar ko‘radi(Masalan: o‘zbekistonda bo‘lgan "Ahmadboy" voqeasidir). Shunday moliyaviy peramidalar, tatalizatorlarda topilgan mol-dunyo yani pullar halolmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshida qo‘shilayotganida bergan o‘zini puli halol bo‘lsa o‘shandan ortiqchasi halol emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar