Namozmi yoki avlod
Assalomu alaykum! Otam aytishicha payg‘ambarimiz s.a.v. " Ummatimni ko‘paytiring" deb aytkan ekanlar. Shu gap to‘g‘rimi? Otam aytdiki, avlodni ko‘paytirish namozdan ham oldinroq ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozdan oldin emasligi aniq. عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَصَبْتُ امْرَأَةً ذَاتَ جَمَالٍ وَحَسَبٍ، وَإِنَّهَا لَا تَلِدُ أَفَأَتَزَوَّجُهَا؟ قَالَ: لَا، ثُمَّ أَتَاهُ الثَّانِيَةَ فَنَهَاهُ، ثُمَّ أَتَاهُ الثَّالِثَةَ، فَقَالَ: تَزَوَّجُوا الْوَدُودَ الْوَلُودَ، فَإِنِّي مُكَاثِرٌ بِكُمُ الْأُمَمَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَالْحاَكِمُ وَصَحَّحَهُ Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey Allohning Rasuli! Bir jamolli va hasabli ayol topdim. Ammo tug‘mas ekan. Unga uylanaveraymi?» dedi.
«Yo‘q», dedilar. Keyin u zotga ikkinchi marta keldi. Yana qaytardilar. So‘ngra uchinchi marta kelganida:
«Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylaninglar. Men boshqa ummatlarga sizlarning ko‘pligingizni ko‘z-ko‘z qiluvchiman», dedilar».
Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan.
Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Uylanishdan oldin ahli fazl, ilmli kishilardan maslahat so‘rash yaxshi ekanligi.
2. Tug‘mas ayolga, agar u go‘zal va aslzoda bo‘lsa ham, uylanmagan ma’qul ekanligi.
3. Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylanish kerakligi.
Bu sifatlar unga yaqin bo‘lgan ayollarning holini o‘rganish bilan bilinadi. Unga yaqin qarindosh ayollar odatda eriga muhabbat qiladigan, ko‘p tug‘adigan bo‘lsalar, ko‘pincha ularning urug‘ida bo‘lgan yoshlar ham o‘sha sifatlarga ega bo‘ladilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 145 | Namoz