Namoz vaqti haqida

Assalomu alaykum! 1) Men Andijon shahrida yashayman. Islom uz ilovasida peshin vaqti Toshkent vaqti bilan 12:21 da ko‘rib keladi(26.05.2019). Lekin bizda aksariyat holatda azon 12.45 da aytiladi. Iftorlik va saharlik paytlari bo‘lsa 10-12 daqiqa oldin kiradi. Dadamning aytishicha SSSR paytida Andijon vaqti Samarqand vaqtiga to‘g‘irlab qo‘yilgani uchun shu holatga kelgan ekan. Namozlarni Toshkent vaqtidan 10-12 daqiqa oldin kirib keladi deb hisoblasam bo‘ladimi? 2) Shahrimizda bir marhum eshonni uyi bor va shu uyda farzandlari yashaydi. Ularni ham ilmli odamlar deyishadi. Odamlar ularga ehson qilib duo qilib qo‘yishni so‘rashadi. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz hisobni biladigan kishilar bilan maslahat qiling. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar