Foyda olish maqsadida hamkorlikda ish yuritish
Assalomu alaykum! O‘rtog‘im savdoda (olib-sotish bilan) faoliyat yuritardi, bir kun kelib savdoni kengaytirish uchun pul bersam foydasidan har oy eng kamida 100 so‘m (misol sifatida) berishini aytdi foydaga qarab undan oshishi ham mumkinligini bildirdi. O‘zim rasmiy ish bilan shug‘ullanayotganligim uchun uning savdo ishiga aralashish yoki yaqindan tanishish imkoniyati mavjud emas, shu sababdan zarar qilgan taqdirda zararga sherik bo‘lmasligim aytdi men esa rozi bo‘ldim. Ushbu shartga qo‘shimcha ravishda ribo bo‘lmasligini oldini olish niyatida zarar qilgan taqdirda har oy menga beradigan eng kam so‘mmani zarar ko‘rgan oyda bermasligini aytganman, keyingi oydan esa yuqorida keltirilgan shartlar bo‘yicha ketish mumkinligi kelishdik. Qo‘shimcha ravishda shuni aytishim mumkinki o‘rtog‘im ancha vaqtda beri shu ish bilan shug‘ullanadi hamda har oyda menga beradigan pul miqdori uning foydasining 50%idan kamligiga bir necha bor guvoh bo‘lganman, zarar qilish xavfi kam bo‘lganligi sababli shunga rozi bo‘lganman. Mazkur ishda ribo mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa ushbu faoliyatni davom ettirish uchun kelishuvning qaysi qismlarini o‘zgartirish kerak. Shu masalaga tegishli boshqa Qur’on va Hadislardagi hukmlar to‘g‘risida ma’lumot berishingizni istardim. Rahmat, Alloh barcha xayrli ishlaringiz rivojini bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/669
5 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/669
5 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar