Nima qilmoq kerak
Bismillahir rohmanir rohiym Olamlarni yaratgan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolarning cheksizi o‘zining zoti pokiga hos bo‘lsin, rasulimiz Muhammad Mustafoga durdu salovatlarning sarasi va Mahmud maqomiyu vasila bo‘lsin. rasulga ergashganlarga va ul zoti muborakning merosho‘rlariga Allohning roziligi va rahmati bo‘lsin. Hazratim, avvolo Alloh taloni hidoyati ila so‘ngra sizning hidoyatga boshlovchi asarlaringizni oz miqdorda bo‘lsada o‘qib -o‘rganib kelyotganim sababli ilm olishga qiziqishim kuchaydi. Qur‘on, hadis, va din tarihini o‘rgangim keladi, buning uchun arb alifbosini va tilini o‘rganmoqdaman alhamdulillah. ammo qur‘on ilmini o‘rganish uchun alohida tajvid qoidalarini o‘rganishim kerak, lekin qanday hazratim, qanday. shu masalada masjidlarga bordim va domlalardan tajvid qoidasini, qur‘on ilmini o‘rgatishini hohladim. lekin bir hil javob eshitdim-"Uzur iloji yo‘q". To‘g‘ri hozirgi ahvolni tushinaman bazi bir g‘alamis kimsalarni kasariga ko‘pchilik qolib ketyapti, ammo bari bir kimdir o‘rgatishi kerakku ilmni. yoshim 24 da ohiratga esa tayorgarligim umuman yo‘q desamam bo‘ladi. nomozlarimda Allohdan hidoyat va ilm yo‘lini so‘riman, lekin yoshim o‘tib ketayotganini o‘ylab juda siqilyapman, yig‘liman, o‘kinib yig‘liman, nahot ilm o‘rganaman deganlarga ilm o‘rgatadiganlar qolmayapti. O‘sha qorilar, imomlar, domlalar Payg‘ambarimiz SAV ni bu boradagi hadislarini bila turib amal qilmayaptilar. yana bu meni ojizona ilmsizona fikrim. Sizga bunday arz qilishimdan maqsad, siz yurtimizdagi olimlarni pirisiz holatni ham yaxshi bilasiz ustozim, hazratim, yo‘l boshchim ayting nima qilmoq kerak, faqat va yana faqat Alloh uchun ayting hazratim nima qilay qanday yo‘l tutay, kimga boray. ilm o‘rgatinglar jon ustozlar iltimos, iltimos. qo‘limni ochib chin dildan duo qilgum so‘zlarimni o‘qib bizga yordam uchun bir soniya harakat qilsangiz va vaqt sariflasangiz Alloh sizni qiyomat kuni Rasululloh SAV bilan bir qatorda ul zotni sizdan o‘ta mavnun holatda tiriltirsin omin.Assalamu alaykum va rahmatulloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Uchrashing.
5 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Uchrashing.
5 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar