Umra ziyoratida sochni oldirish
Assalomu alaykum! Allohni inoyati bilan umri ziyoratida bo‘lish nasib etdi. Umra amallarini tugatganimizdan so‘ng, sochni u er bu eridan qisqartib oldik. 3-4 marotaba o‘tgan qarindoshlarim nomiga xam umra amallarini bajarib oxirgisida sochimni oldirdim. Demak 5 marta umra ziyoratini bajardim. Uyga qaytganimizdan so‘ng bir xoji aka, bizning mazxabda sochni kamida 4dan 1ni qisqartirish kerak, bo‘lmasa jinoyat bo‘ladi. Jinoyat Makkada bo‘lgani sabab fidyani xam Makkada xar bir umra uchun 1 qo‘y olib berish kerak deb yurakka g‘ulg‘ula tushirdi. Iltimos shunga oydinlik kiritsangizlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hoji aka to‘g‘ri aytibdi. Har bir qilingan umraning oxirida sochni olish vojib edi. Uzun bo‘lsa qisqartirishingiz joiz edi. Siz aytganingizda u narsa topilmagan. Endi beshta qo‘yning pulini umraga ketayotganlarga berib Minoda so‘ydirishingiz shart. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 174 | Haj va umra